Titikaka
![]() | Bu maqolada bir qancha muammolar mavjud. Iltimos, ularni tuzatib yordam qiling yoki shu muammolarni munozara sahifasida muhokama qiling.
|
Titikaka — Markaziy And togʻlaridagi koʻl, Peru va Boliviya chegarasida. Janubiy Amerikada eng katta, Yer sharida eng yirik baland togʻ kuli (3812 m balandlikda). Maydoni 8,3 ming km². Uzunligi 150 km, kengligi 70 km, eng chuqur joyi 304 m. Kul urni tektonik soylik boʻlib, qirgʻoqlari egribugri, baʼzi joylari tik yon bagʻirli. Qamishzorlar bilan qoplangan. T.ga 45 ta dare va irmoklar kuyiladi, koʻldan Desaguadero daryosi oqib chiqib, Poopo koʻliga kuyiladi. Mart oyida suvi kupayib, may.—dek.da kamayadi. Qirgʻoqlari yaqinida suvi muzlaydi. T. — qad. suv havzasi qoddigʻi. Koʻldan baliq ovlanadi. Kema qatnaydi. Koʻl boʻyidagi eng yirik shahar va port — Puno (Peru). T.ning jan.sharqiy sohilida va orollarda indeyslarning qad. madaniy yodgorliklari saqlangan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |